Malayziyada 16 yoshgacha bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlandi

Olam

image

Bugun, 1 iyundan boshlab Malayziyadagi ijtimoiy tarmoqlar va onlayn platformalar 16 yoshdan kichik bo‘lgan foydalanuvchilar uchun yosh cheklovlarini joriy etishga majbur. Bu haqda “New Straits Times” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Malayziyada onlayn xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun doirasida ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalar kuchga kirgan.

Malayziya Kommunikatsiyalar va multimedia komissiyasi (MCMC) ma’lum qilishicha, 16 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga o‘z ma’lumotlarini, jumladan, fotosurat va videolarini saqlab olish uchun bir oy vaqt beriladi. Shundan so‘ng ularning akkauntlari (profillari) cheklanishi, vaqtinchalik to‘xtatilishi yoki boshqa choralarga tortilishi mumkin.

Shu bilan bir vaqtda, platformalar foydalanuvchilarning yoshini tekshirishni boshlashi kerak. Buning uchun olti oylik o‘tish davri amal qiladi.

Yangi talablar Facebook, Instagram, TikTok va YouTube platformalariga taalluqli. Bugun, 1 iyundan boshlab yangi akkauntlarni ro‘yxatdan o‘tkazish faqat 16 yoshdan oshgan foydalanuvchilar uchun mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropaning bir qancha mamlakatlari, jumladan, Ispaniya, Daniya, Italiya, Finlyandiya hukumatlari ham ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish yosh cheklovini 15-16 yosh qilish uchun turli harakatlarni amalga oshirishayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Malayziya ijtimoiy tarmoqlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing