Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

Olam

image

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim bugun, 18 may kuni Toshkentdan Samarqandga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri matbuot kotibi ma’lum qildi. 

Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, Malayziya Bosh vaziri 18-19 may kunlari Samarqand va Buxoro shaharlariga tashrif buyurib, o‘zbek xalqining boy madaniy-tarixiy va ma’naviy merosi bilan tanishadi, qo‘shma biznes forumida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 may kuni Malayziya Hukumati rahbari Qozog‘istondan Toshkentga kelgandi. “Ko‘ksaroy” qarorgohida Anvar Ibrohimni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara o‘tkazdi va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bergan bayonot berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand O'zbekiston Malayziya Anvar Ibrohim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made