Maldivdagi suvosti g‘orida 5 g‘avvos halok bo‘ldi

Olam

image

Maldiv orollarida sho‘ng‘ish vaqtida besh nafar Italiya fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Italiya Tashqi ishlar vazirligi hamda jasadlarni topgan “Dan Europe” kompaniyasi ma’lum qildi.

Taxmin qilinishicha, ular suvosti g‘orida adashib qolgan. G‘avvoslarning jasadlari 50 metr chuqurlikdan topilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, g‘avvoslar o‘rgangan g‘or tor yo‘laklar orqali tutashgan uchta katta bo‘shliqdan iborat bo‘lgan. Qidiruv ishlari katta chuqurlik va bosimni asta-sekin kamaytirish zarurati sabab murakkablashgan.

Kompaniya vakili Laura Marronining aytishicha, katta grotadan boshlanadigan g‘orga kirgan g‘avvoslar taxminan 30 metrlik tor yo‘lakdan o‘tib, ikkinchi katta bo‘shliqqa yetib borgan. Ortga qaytish vaqtida esa qum bosib qolishi oqibatida chiqish yo‘li ko‘rinmay qolgan bo‘lishi mumkin. Shu sababli, ayniqsa havo zaxirasi cheklangan sharoitda, ular ortga qayta olmagan.

Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davomida Maldiv milliy mudofaa kuchlari qutqaruvchisi, serjant-mayor Muhammad Mahdi ham halok bo‘lgan.

Eslaib o‘tamiz, avvalroq Avstraliya armiyasining yuqori malakali parashyutchisi, 50 yoshli Laklan Meddl Yangi Janubiy Uels janubiy sohilidagi Jervis Bey aerodromida o‘tkazilgan o‘quv mashqlari vaqtida halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

halok bo'ldi Mal'div G'avvoslar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing