Maldivda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ortga qaytarildi

Olam

image

Maldiv orollarida mehnat faoliyatini amalga oshirish davomida qiyin ahvolda qolgan fuqaro joriy yilning 15 mart kuni ortga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi (uning konsullik okrugiga Maldiv Respublikasi ham kiradi) tomonidan U.Sh. ismli fuqaroni ortga qaytarish jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagan. Diplomatik vakolatxonaning tezkor harakatlari natijasida fuqaroga barcha zarur bo‘lgan konsullik-huquqiy yordami ko‘rsatilgan. Xususan, diplomatlar fuqaroning huquqiy maqomini tartibga solish va uning Maldiv orollaridan chiqib ketishini tashkil etish maqsadida mahalliy vakolatli organlar bilan muzokaralar olib borgan.

Shu munosabat bilan elchixona chet elda (jumladan, Hindiston va Maldiv orollarida) mehnat faoliyatini rejalashtirayotgan yoki amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarini quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda:

  • mehnat faoliyatini faqat rasmiy mehnat shartnomasi va tegishli ishchi vizasi asosida amalga oshirish;
  • mamlakatning mehnat qonunchiligi va boshqa qoidalari bilan oldindan tanishib chiqish;
  • xorijiy davlatga yetib borgach, konsullik ro‘yxatiga turish (bu favqulodda vaziyatlarda yordam ko‘rsatishni sezilarli darajada osonlashtiradi);
  • pasport va boshqa shaxsiy hujjatlarning asl nusxalarini ish beruvchilarga yoki uchinchi shaxslarga “saqlash uchun” topshirmaslik.

“Elchixona favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan, shaxsiy huquqlar buzilgan yoki maslahat olish zarur bo‘lgan hollarda mamlakatimizning Dehlidagi diplomatik missiyasi Konsullik bo‘limiga zudlik bilan murojaat qilishni so‘raydi”, deyiladi ekchixona xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyadan ortga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston fuqaro Mal'div

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing