Maktabning 11-sinf bitiruvchilariga diplom beriladi
Jamiyat
−
28 mart 2019
14061O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi portaliga “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilariga kasb malakasi diplomini berish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Xalq ta’limi vazirining buyruq loyihasi joylashtirildi.
Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi 868-son “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tayyorlangan.
Ushbu buyruqqa asosan 11-sinf bitiruvchilarining O‘quv-ishlab chiqarish majmualarida malaka talablarini bajargan o‘quv-dasturlarida belgilangan bilimlarni o‘zlashtirgan o‘quvchilarga davlat namunasidagi kasb malakasi diplomi berilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, mazkur hujjat loyihasiga ko‘ra o‘quv-ishlab chiqarish majmuasini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchiga mehnat qilish huquqini beruvchi oddiy yoki a’lo darajali kasb malakasi diplomi beriladi hamda mazkur diplom bitiruvchining qaysi o‘quv-ishlab chiqarish majmualari kasb-hunar o‘rganishidan qat’iy nazar o‘zi ta’lim olayotgan umumiy o‘rta ta’limi maktabi direktori tomonidan berilishi belgilangan.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualari:
- o‘quvchilarga maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan kasb-hunar o‘rgatish;
- shu kasb bo‘yicha ijodiy fikrlaydigan, tashkilotchilik hamda tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalash;
- o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kasb-hunar tanlashda ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.
LiveBarchasi