Maktablarda joriy qilinayotgan oltin va kumush medallar OTMga kirish imtiyozini beradimi?

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risida nizom”ni tasdiqlangani haqida xabar bergan edik. Xo‘sh, mazkur medallar o‘quvchilarga qanday imtiyozlar beradi? 

Ba’zi Telegram kanallarida bayon qilinayotganidek,  oltin medal olgan maktab bitiruvchisiga kirish imtihonlarida to‘plagan umumiy baliga 50 foiz, kumush medal olgan maktab bitiruvchiga esa 30 foiz ball qo‘shib berilishiga oid ma’lumotlar to‘g‘rimi? Xalq ta’limi vazirligi ushbu xabarlarga oydinlik kiritdi. Rasmiy bayonotda shunday deyiladi:

“Nizomda oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan o‘quvchilarga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan. Shu o‘rinda ta’kidlashimiz joizki, oltin va kumush medallar a’lo baholarda o‘qigan o‘quvchilarga berilishini inobatga olsak, kirish imtihonlarida imtiyozli ballar berilmasada, o‘z bilimlarini ko‘rsata olishlari lozim. Qolaversa, Xalq ta’limi vazirligi oliy o‘quv yurtiga kirish uchun talabgor yoshlarga teng imkoniyatlar taqdim etish tarafdori.

Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, korrupsion holatlarni oldini olish va iqtidorli o‘quvchilar bilimini rag‘batlantirishdan iboratdir”. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Xalq ta'limi vazirligi oltin medal' kumush medal'

Baholaganlar

601

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing