Maktablarda yangi o‘quv yili qay shaklda boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Xalq ta’limi vazirligi yangi 2021-2022 o‘quv yilida maktablarda dars jarayoni gibrid shaklda davom ettirilishiga tayyorgarlik ko‘ryapti. Bu haqda bugun, 9 avgust kuni o‘tkazilgan brifingda Xalq ta’lim vazirligi Matbuot kotibi Laylo Rustamova ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, yangi 2021-2022 o‘quv yilida maktablarda dars jarayoni gibrid shaklda davom ettirilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ammo, vaziyatga qarab ba’zi maktablar Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari taklifiga asosan karantinga yopilib, masofaviy tizimga o‘tkazilishi mumkin. 

“Xalq ta’limi vazirligi yangi 2021-2022 o‘quv yilida maktablarda dars jarayoni gibrid shaklda davom ettirilishiga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qiladi. Bunda yuzaga keladigan vaziyatga qarab maktab Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari taklifiga asosan mahalliy kengashlar qarorlariga ko‘ra ayrim maktablar karantinga yopilib masofaviy tizimga o‘tkazilishi mumkin”, deydi XTV matbuot kotibi. 

Ma’lum bo‘lishicha, o‘qituvchi yoki o‘quvchilarda virusga chalinish holati aniqlanadigan bo‘lsa, darslar onlayn tizimga o‘tkaziladi. Bunda o‘quvchilar ta’limni masofadan olishi uchun Milliy teleradiokompaniyaning “Onlayn maktab” loyihasi doirasida efirga uzatilayotgan darslar davom ettiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

1467

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing