Maktablarda imtihon bo‘ladimi? Vazirlik izoh berdi
Jamiyat
−
30 aprel 2020
20978Ba’zi ommaviy axborot vositalarida karantin sabab O‘zbekiston maktablarida imtihonlar bekor qilingani haqida ma’lumot e’lon qilindi. Xalq ta’limi vazirligi ushbu xabarlarga munosabat bildirib, raddiya berdi.
“Mazkur ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz. Respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va tegishli davlat tashkilotlari 5-11-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlarini o‘tkazish yo‘llarini yoki bekor qilish masalasini muhokama qilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Maxsus hukumat komissiyasining bu masaladagi qarorini o‘z kanallari orqali ma’lum qiladi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Shu o‘rinda, o‘quvchilarga “Onlayn maktab” kanallarida namoyish etilayotgan televizion darslar orqali bilim olishni davom ettirishlari tavsiya etilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin sabab o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv yili masofaviy tarzda yakunlanishi belgilangan.
LiveBarchasi