Maktablarda bitta o‘qituvchiga o‘rtacha nechta o‘quvchi to‘g‘ri keladi?
Jamiyat
−
02 mart 2021
6214O‘zbekistonda bitta o‘qituvchiga eng ko‘p o‘quvchi Toshkent shahrida to‘g‘ri keladi – 18 nafar. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2020-2021-o‘quv yili boshiga umumta’lim muassasalarida bitta o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni:
• Toshkent shahri – 18 ta
• Andijon viloyati – 14 ta
• Toshkent viloyati – 14 ta
• Farg‘ona viloyati – 13 ta
• Samarqand viloyati – 13 ta
• Namangan viloyati – 13 ta
• Sirdaryo viloyati – 13 ta
• Buxoro viloyati – 12 ta
• Surxondaryo viloyati – 12 ta
• Xorazm viloyati – 11 ta
• Qashqadaryo viloyati – 11 ta
• Jizzaz viloyati – 11 ta
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 9 ta
• Navoiy viloyati – 9 ta
Shuningdek, 2020-2021-o‘quv yili boshiga o‘quvchilarni o‘qitiladigan tillar bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
• O‘zbek tili – 5352,1 ming kishi
• Qoraqalpoq tili – 126,5 ming kishi
• Rus tili – 642,5 ming kishi
• Qozoq tili – 56,1 ming kishi
• Ingliz tili – 0,8 ming kishi
• Qirg‘iz tili – 7,5 ming kishi
• Tojik tili – 69,4 ming kishi
• Turkman tili – 10,9 ming kishi
LiveBarchasi