Maktablarda bahorgi ta’til qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

2021 yil 20 mart kuni 2020-2021 o‘quv yilining bahorgi ta’tilining birinchi kuni hisoblanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Bahorgi ta’til 20 dan-28 martgacha davom etadi. 2021 yil 29 martdan o‘quv yilining 4-choragi boshlanadi.

2021 yil 20 mart kuni yuqori sinflarga belgilangan dars soatlari 4-chorakda tig‘izlashgan holda o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq 20 mart — shanba kuni barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’iy nazar dam olish kuni hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab ta'til

Baholaganlar

631

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing