Maktabga qilich bilan hujum qilgan erkak otib o‘ldirildi

Olam

image

Shvetsiyaning Fagersta shahridagi maktabda politsiya xodimlari qilich bilan qurollangan shaxsni otib o‘ldirdi. Bu haqda bugun, 21 avgust kuni manbalarga tayanib, “Expressen” gazetasi xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, qurollangan jinoyatchi o‘quv muassasasiga kirib, bir necha kishini jarohatlagan. Qo‘lga olish vaqtida politsiyachilar o‘qotar qurol qo‘llagan.

“Men faqat voqea joyida operatsiya o‘tkazilayotganini tasdiqlashim mumkin”, deydi nashrga politsiyaning rasmiy vakili Pelle Vamstad.

Hodisadan so‘ng shahardagi bir qator maktablar va boshqa jamoat binolari yopilgan. Voqea joyidan xabar berilishicha, odamlar ko‘p to‘plangan va o‘z farzandlari bilan bog‘lanishga urinayotgan ota-onalar orasida sarosima yuzaga kelgan. Vaziyat Shvetsiya maktablarida mobil telefonlardan foydalanishga qo‘yilgan taqiq tufayli yanada murakkablashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidagi tumanlaridan birida joylashgan maktabda to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi otishma uyushtirgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing