Maktabga qabul reglamenti o‘zgaradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 7 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi. 

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan qaror loyihasida reglamentning qator bandlariga o‘zgartirish kiritish nazarda tutilgan.

Jumladan, 4-bandda to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Qo‘shimcha kvota – umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining imkoniyatidan kelib chiqib, biriktirilgan  mikrohududda doimiy propiska asosida istiqomat qilayotgan fuqarolarning tegishli yilning 1 sentyabriga qadar 6 yoshga to‘ladigan farzandlari hamda  mikrohududdan tashqarida istiqomat qilayotgan fuqarolarning farzandlari uchun ajratiladi.”

Ya’ni, “umumta’lim muassasalarida ta’lim berish tili bo‘yicha boshlang‘ich bilim (muloqot qilish) ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan” degan qism chiqarib tashlangan.

5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldiriladi:

“Bolalarni ta’lim muassasalariga qabul qilishda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.”

Bolalarni umumta’lim muassasalariga asosiy kvota bo‘yicha qabul qilish har yili 15 iyundan 1 avgustga qadar amalga oshiriladi. Amaldagi tahrirga ko‘ra, bu 31 avgustga qadar amalga oshiriladi.

Quyidagi ikki band o‘z kuchini yo‘qotadi:

10-band: Asosiy kvota bo‘yicha maktab yoshidagi bolalarni ta’lim muassasalariga qabul qilishda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

21-band. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

eng kam oylik ish haqining 20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;

qolgan mablag‘lar to‘liqligicha tegishli umumta’lim muassasasining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.

20-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“20. Qo‘shimcha kvota asoslovchi hujjat taqdim etilganda faqat quyidagilar uchun ajratiladi:

1) umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga biriktirilgan mikrohududda doimiy propiska asosida istiqomat qilayotgan fuqarolarning tegishli yilning 1 sentyabriga qadar 6 yoshga to‘ladigan farzandlari;

2) mazkur umumiy o‘rta ta’lim muassasasida faoliyat yurituvchi pedagog va xodimlarning farzandlari;

3) akasi yoki opasi mazkur umumiy o‘rta ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan oilalarning maktab yoshiga yetgan farzandlari;

4) umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga biriktirilgan mikrohududda istiqomat qilayotgan harbiy xizmatchilarning farzandlari.

22-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Ariza beruvchilar yo‘llanma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi.”

26-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldiriladi:

Qo‘shimcha kvota bo‘yicha bolalarni qabul qilishda ariza beruvchilar mazkur bandning ikkinchi–beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlardan birini umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga topshiradi:

bolaning akasi yoki opasining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;

Umumiy o‘rta ta’lim muassasasida faoliyat yurituvchi pedagog va xodimning mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi;

Bolaning akasi yoki opasiga mazkur maktabdan berilgan o‘zlashtirish baholar tabelining tasdiqlangan nusxasi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga biriktirilgan mikrohududda istiqomat qilayotgan harbiy xizmatchilarning yashash manzili bo‘yicha tegishli vazirlik va harbiy tuzilmalarning Toshkent shahar hududiy boshqarmalari (okrugi) ma’lumotnomasi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab reglament

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing