Maktabdagi pul yig‘imlari uchun javobgarlik belgilanmoqda. Albatta, Qirg‘izistonda!

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Prezidentning 2023 yil 26 maydagi “Bolalarning bepul maktab ta’limi olish huquqini amalga oshirishning davlat kafolatlarini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 136-son qarorini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.  Bu haqda mamlakat Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi. 

Hujjatga ko‘ra, davlat va shahar ta’lim muassasalarida pul mablag‘larini noqonuniy undirishga yo‘l qo‘ygan shaxslar Qirg‘iziston Respublikasining huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. 

Qarorda Moliya vazirligi tomonidan 2023 yilda davlat ta’lim muassasalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, Bishkek va O‘sh shaharlari hokimliklariga zarur bo‘lgan xo‘jalik buyumlarini ta’mirlash, muhofaza qilish va sotib olish uchun 557 million 158 ming som ajratilishi ko‘zda tutilgan. 

Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab yetti kun o‘tgach kuchga kiradi. 

Ma’lumot uchun, Prezident Sadir Japarov joriy yilning may oyida “Bolalarning davlat ta’lim tashkilotlarida (1-11 sinflar) bepul maktab ta’lim olish huquqini amalga oshirishning davlat kafolatlarini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Unga ko‘ra, davlat ta’lim tashkilotlarida noqonuniy ravishda mablag‘ undirish va ular hisobidan davlat jamg‘armalari tashkil etish taqiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing