Maktabda janjal ko‘targan ota javobgarlikka tortildi
3-sahifa
−
13 mart
6711Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan 200-maktabda surunkali ravishda dars qoldirayotgan o‘quvchilardan birining otasi maktabda janjal ko‘tardi. Bu haqda Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 12 mart kuni Chilonzor tumanida joylashgan 200-maktab direktori va inspektor-psixologi tomonidan maktab o‘quvchilari tahlil qilingan. Shundan so‘ng surunkali ravishda dars qoldirayotgan hamda tartib intizomi yaxshi bo‘lmagan o‘quvchilardan birining otasi fuqaro M.E. suhbatga chaqirtirilgan. Suhbat mobaynida maktab direktori va inspektor-psixolog fuqaro M.E.dan farzandining darsga kelmayotganining sabablari so‘ralgan va o‘quvchining darsda o‘zini tutishi ham o‘zgarib qolgani ma’lum qilingan. Otaga farzandining ta’lim-tarbiyasi bilan birgalikda shug‘ullanish zarurligi tushuntirilganda, M.E. o‘g‘lining xatti-harakatlaridan jahli chiqqan va aybni maktab ma’muriyatiga ag‘darib, janjal ko‘targan.
Fuqaro tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari tomonidan tuman IIBga olib borilgan va unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi maktablardan birida ro‘y bergan janjalni bartaraf etmoqchi bo‘lgan Milliy gvardiya xodimiga tan jarohati yetkazilgan edi.
LiveBarchasi