O‘zbekistonda karantinga olinganlar orasida bolalar qancha?

Bu qiziq

image

2 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus xavfi bilan karantinga olinganlar 100 770 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi ma’lumotlarida aytilgan. 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 220 ta karantin muassasalari mavjud. Hozirgacha ularning 164 tasi band qilingan. Bu esa ziharada yana 56 ta karantin muassasasi bor degani. 

Karantinda qolayotgan 100 770 nafar fuqaroning 54 foizini erkaklar, 38 foizini ayollar, 2 foizini keksalar va 6 foizini bolalar tashkil etadi. 

Karantinga olingan fuqarolarning 23 063 nafari statsionar karantinda, 77 707 nafari esa uy sharoitidagi karantinda qolmoqda. 

Mamlakatda COVID-19 testidan o‘tganlar 29 125 kishi bo‘lib, karatindan chiqarilgan 26 244 nafarni tashkil etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugunga qadar kasalikka chalinganlar soni 190 nafarga yetdi. Bemorlarning 25 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi. Ularning 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing