Maktabda Milliy gvardiya xodimi bilan janjallashgan fuqaro jarimaga tortildi (video)
3-sahifa
−
06 iyul
10262Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida huquq-tartibot organlari xodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal kelib chiqqani haqida videotasvirlar tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, videodagi voqea joriy yilning 29 aprel kuni Andijon shahri 11-umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Bildirilishicha, o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqani uchun maktab qorovuli tashvish tugmasini bosgan. Tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari tashvish xabari asosida voqea joyiga yetib kelgan va o‘quvchilardan birining akasi A.J va onasi I.F boshqa o‘quvchilar bilan tortishayotganining guvohi bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, Milliy gvardiya ularni tinchlantirishga harakat qilganda fuqaro A.J xodimlarning qonuniy talablarini bajarmagan hamda faol qarshilik ko‘rsatgan. Shunday bo‘lsa-da xodimlar tomonidan ushbu holat bartaraf qilinib, fuqaro A.J o‘rnatilgan tartibda Ichki ishlar organiga olib borilgan.
“Holat yuzasidan Jinoiy ishlar bo‘yicha Andijon shahar sudi tomonidan fuqaro A.J.ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194 -1-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ma’muriy jarima belgilangan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi maktablardan birida ro‘y bergan janjalni bartaraf etmoqchi bo‘lgan Milliy gvardiya xodimiga tan jarohati yetkazilgandi.
LiveBarchasi