Maktabda qizlarning shim kiyishiga ruxsat beriladi – XTV
Jamiyat
−
19 Oktabr 2022
13236O‘zbekistonda sovuq ob-havo kuzatilmoqda. Bunday sharoitda maktab o‘quvchilarining shim kiyishiga ruxsat beriladi. Bu haqda Xalq ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan (2018 yil 15 avgustda qabul qilingan – tahr.) sovuq ob-havo sharoitida o‘quvchi qizlarga maktab formasiga mos klassik uslubdagi shim kiyishga ruxsat beriladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 19 oktyabr kuni O‘zbekistonning Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida hamda “Qamchiq” dovonida qor yog‘ib, havo harorati pasaydi.
LiveBarchasi