Toshkentda maktablarga joylashish 2 ming dollargacha borgan joylar bor – Sherzod Shermatov
Jamiyat
−
19 iyun 2019
4546Ayni vaqtda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va vazirning birinchi o‘rinbosari Alisher Umarov ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tyapti. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi.
Tadbir Vazirlar Mahkamasining joriy yil 7 iyun kuni qabul qilingan “Bolalarni davlat umumta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorning muhokamasiga bag‘ishlangan.
Tadbirda xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov maktablardagi korrupsiya darajasi haqida ma’lumot berdi.
“Toshkentda maktablarga joylashish 2 ming AQSH dollarigacha borgan joylar bor. Toshkent shahridagi 81 ta tanlab olingan maktab, shahardagi maktablarning 21 foizini tashkil etadi. U yerda o‘qiyotgan bolalar umumiy o‘quvchilar sonining 41 foizini tashkil etadi.
Shu sababli xalqda “presstijnыy” nomini olgan maktablarda o‘quvchilar soni ortib ketgan. Shu sababli o‘z mikrohududida joylashgan ota-onalar yonidagi maktabga bera olmayapti. Qaror maqsadi mikrohududdagi bolalarning huquqini ta’minlash, bolalarning til bo‘yicha qiynalmasligining, 7 yoshga yetmagan bolalarni maktabga berilishining oldini olish, shuningdek, maktab direktorlarining ta’magirligiga chek qo‘yishdir”, deydi Sherzod Shermatov.
LiveBarchasi