XTV Samarqand va Namanganda tekshiruv o‘tkazyapti

Jamiyat

image

Xalq ta’limi vazirligi Samarqand va Namangan viloyatlarida umumta’lim maktablari o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlikning Huquqiy-nazorat xizmati xodimlari mazkur xabarlarda keltirib o‘tilgan holatlarni o‘rganib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida ushbu holatga yo‘l qo‘yganlarga chora ko‘radi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi qarorining 16-bandiga ko‘ra xalq ta’limi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, majburiy mehnatga, shu jumladan, tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari hamda boshqa turdagi ishlarga jalb qilish qat’iyan ta’qiqlangan.

Mazkur bandga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda pedagog xodimlarning huquq va erkinliklarini cheklash holatlarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan muntazam ravishda nazorat tadbirlarini o‘tkazish hamda aybdor shaxslarning javobgarlikka tortishni ta’minlash topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

majburiy mehnat Xalq ta'lim vazirligi

Baholaganlar

8

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing