Maktab o‘quvchisi o‘qituvchi va sinfdoshlarini garovga oldi

Olam

image

Rossiyaning Qozon shahrida pichoq va pnevmatik to‘pponcha bilan qurollangan 17 yoshli o‘smir o‘qituvchi va sinfdoshlarini garovga oldi. O‘smir ularni bir soatga yaqin sinfxonada ushlab turgach, politsiya xodimlariga taslim bo‘lgan.

“Kazanskogo reportera” nashri ma’lumotiga ko‘ra, voqea Adorat ko‘chasidagi 7-sonli gimnaziyada uchinchi dars vaqtida sodir bo‘lgan. 17 yoshli o‘quvchi darsga biroz kech qolgan. Sinfxonaga kirib, o‘z o‘rniga o‘tirmay, o‘qituvchining stoli ustiga pnevmatik to‘pponcha va oshxona pichog‘ini qo‘ygan. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha vaqtda xonada o‘smirning 12 nafar sinfdoshi va o‘qituvchi bo‘lgan.

O‘quvchi qizlardan biri darhol messenjer orqali onasiga xabar bergan. Ayol ham o‘z navbatida politsiyaga murojaat qilgan. Bezori bir soatdan kamroq vaqt davomida odamlarni garovda ushlab turgach, hech qanday talab qo‘ymasdan taslim bo‘lgan.

Yuz bergan ko‘ngilsiz hodisada o‘quvchilardan hech kim jabrlanmagan, ammo o‘qituvchining yuragi yomon bo‘lib, shifoxonaga olib ketilgan.

17 yoshli o‘smir nima maqsadda sinfdoshlari va o‘qituvchisini garovga olgani to‘g‘risida hozircha hech qanday ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab bezorilik

Baholaganlar

238

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing