Maktab o‘quvchisi ikki tengqurini pichoqladi
Jamiyat
−
06 avgust 2019 6957 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Bekobod shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida pichoqbozlik yuz berdi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 5 avgust kuni Bekobodda yashovchi 9-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi 16 yoshli I.A. Bekobod tumani “Navoiy” MFY hududida o‘zaro janjal oqibatida “Shova” mahallasida yashovchi, 40-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi 16 yoshli D.T.ning qorin qismiga pichoq bilan zarba bergan. I.A. ularni ajratmoqchi bo‘lgan, Bekobod shahri Beruniy ko‘chasida yashovchi, 2-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi 15 yoshli D.A.ning yelka qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada D.T. va D.A. shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.A. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi