Maktab o‘quvchilarining qishki ta’til sanasi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2019-2020 o‘quv yilining ikkinchi choragi o‘z yakuniga yetmoqda.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qishki ta’til 2019 yilning 28 dekabridan boshlanib, 2020 yilning 10 yanvar kuni yakunlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

2020 yilning 11 yanvaridan uchinchi chorakning birinchi kuni boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun qishki ta’til noan’anaviy tarzda 2019 yilning 20 dekabrida boshlanib, 2020 yilning 5 yanvar kuni yakunlanadi. Talabalar uchun qishki ta’til vaqti yaqinlashayotgan parlament saylovi sabab o‘zgartirildi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab ta'til

Baholaganlar

562

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing