Maktab o‘qituvchilari yuritishi lozim bo‘lgan hujjatlar soni qisqartiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilari yuritishi lozim bo‘lgan hujjatlar soni qisqartirilishi mumkin. Bu haqda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida mazkur qonun loyihasi joylashtirildi.

Unga ko‘ra, “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga o‘zgartirish kiritilmoqda.

Umumta’lim maktablarining o‘qituvchilari tomonidan yuritiladigan hujjatlar sonini 3 tadan (sinf jurnali, yillik taqvim-mavzuiy reja, kundalik dars ishlanmalari (konspekt) daftari) – 1 tagacha (sinf jurnali (bosma yoki elektron) qisqartirish ko‘zda tutilmoqda.  

“Ushbu o‘zgartirishlar o‘qituvchilarning pedagogik yuklamasini optimallashtirish, ularni asosiy yuklamadan tashqari boshqa hisobot va ortiqcha qog‘ozbozlikdan ozod qilish hamda dars o‘tish sifati va mazmuniga ko‘proq vaqt ajratishi uchun sharoit yaratadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

163

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing