Maktab ta’limini rivojlantirmasak, yoshlarimiz sharoit bor joyga ketadi – Mirziyoyev

Jamiyat

image

O‘zbekiston maktablarida ta’lim yaxshilanmasa, yoshlar sharoiti bor davlatlarga ketib qoladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablardagi ta’limga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

“Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot bilimda. Maktab ta’limini rivojlantirsak, oliy ta’lim ham, ilmimiz ham kelajakda rivojlanadi.

Hozir shu masalani qilmasak, nafaqat kechirmaydi, yoshlarimiz sharoit bor joyga ketadi.

Biz ko‘p vaqt yo‘qotdik, desak to‘g‘ri bo‘ladi. E’tibor bermadik”, degan Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda.

Prezident maktablardagi ta’lim faqatgina Xalq ta’limi vazirligining ishi emasligini, agar bu jabha o‘nglanmasa, natijalarga yetish imkonsizligini urg‘ulagan.

“Agar kimda-kim maktab bu faqat Xalq ta’limi vazirligining ishi, deb o‘ylasa, bu juda xato fikr va xato yondashuv.

Butun elimiz bilan, butun jamiyatimiz bilan Xalq ta’limi vazirligiga e’tibor bermasak, qo‘ygan hamma natijalarimiz bo‘lmaydi. 

Bir kun emas, bir soat ham kechiksak, bu iqtisodiyotimizga, ertangi kunimizga, yoshlarimizga katta ziyon bo‘ladi”, degan Prezident Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev maktab

Baholaganlar

170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing