Maktab sinfxonasida hojatini chiqargan o‘quvchining ota-onasiga chora ko‘rildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi maktab o‘quvchisining sinfxonada suv solingan chelakka hojatini chiqargani aks etgan video tarqaldi. Qashqadaryo viloyati IIB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, Qarshi shahar birinchi ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta-ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchisi maktabda belgilangan ichki tartib hamda odob-axloq qoidalarini buzgani, shuningdek, sinfxonada nojo‘ya hatti-harakatlar sodir etgan holatini ko‘rgan sinfdoshi o‘z telefoniga video tasvirga olib ijtimoyi tarmoqga tarqatganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ota-onalariga O‘z Res MJtKning 47-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan. To‘plangan hujjatlar Qarshi shahar IIO FMB orqali Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Qarshi shahar idoralararo komissiyaga taqdim etilgan.

Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Qarshi shahar idoralararo komissiyasi tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ota-onalari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi 1-qismi bilan  aybli deb topilib, ularga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Qashqadaryo

Baholaganlar

1233

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing