Maktab binolari “Tolibon” tomonidan harbiy post sifatida foydalanilayotgani aytildi

Olam

image

Afg‘onistonning Panjsher viloyati aholisi ko‘plab maktab binolaridan “Tolibon” harbiy post sifatida foydalanganini ma’lum qildi. Bu haqda “The Print” nashri xabar berdi.

Viloyat aholisi “Tolibon”ni xavfsizlik kuchlarini harbiy bazalarga joylashtirishga chaqirgan.

“Bu haqiqat va ularning maktablarga joylashishini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Harbiylar maktablarga o‘rnashib olgani va bu o‘quvchilarning ma’naviyatiga ta’sir qilayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz”, deydi panjsherlik Samiulloh Sadekki.

Shuningdek, aholi turar-joylarida harbiylarning borligi odamlar orasida vahima uyg‘otayotganidan xavotir bildirgan.

“Harbiylar maktab va qishloqlarda. Biz qo‘shinlarni hududdan olib chiqishga chaqiramiz”, deydi shu yerlik Mian Ahmad Ilhom.

“Tolibon” muvaqqat hukumati vakili Zabihulloh Mujohidning aytishicha, bu masala yechim topishi uchun harbiy amaldorlarga topshiriladi.

“Maktablarni evakuatsiya qilib, xavfsizlik muammolarining oldini olish uchun hamda u yerdagi harbiylarga muqobil yo‘l topish maqsadida Panjsherdagi rasmiylar bilan maslahatlashdik. Biz bu masalani Ta’lim vazirligi bilan ham muhokama qilamiz”, deydi Mujohid.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Maktab Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made