Maksim Galkin Isroildan qochib qolmaslikka so‘z berdi

Madaniyat-san’at

image

Rossiyalik hajvchi Maksim Galkin ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Isroilda oilasi bilan qolishini va boshqa davlatga ko‘chib o‘tishni o‘ylab ham ko‘rmaganini yozdi.

“Isroil uchun og‘ir kunlarda biz shu yerdamiz va imkoniyat bo‘lsa ham, ketish haqida o‘ylamaganmiz. Aeroport ochiq. Aviakompaniyalar xavf-xatar mavjud bo‘lsa ham uchishni davom etmoqda, shuning uchun mamlakatdan ketish imkoniyati bor. Lekin biz hech qayerga ketmaymiz. Turmush o‘rtog‘im Alla va farzandlarimiz bilan birgalikda isroilliklarni shunday og‘ir damlarda qo‘llab-quvvatlamoqchimiz. Bu katta qayg‘u”, degan u.

Shuningdek, Galkin Isroilda pasport olish uchungina yashamayotganini ham aytdi.

“Nega frontga bormading, deb so‘raydiganlar bor. Agar men Isroil armiyasida xizmat qilsam va Isroilni himoya qilish uchun asos bo‘lsa, ketardim. Ammo men boshqa yo‘l bilan yordam bera olaman: qon topshiraman. Biz mana shunday og‘ir damlarda Alla bilan birga rusiyzabon isroilliklar uchun shu mamlakatda bo‘lishimiz muhim, deb hisoblaymiz. Biz bu yerda faqat pasport kerak bo‘lgani uchungina yashamayapmiz. Men bolalarimni ibroniy (ivrit) tili maktabiga berdim. Biz ularni Amerika diplomatik maktabiga yuborish imkoniga ega edik. Lekin men bolalarim isroilliklar kabi ibroniycha gapirishlarini xohlardim. Men ham til o‘rganyapman”, deya qo‘shimcha qilgan yumorist.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maksim Galkinning muxlislari hajvchini tanqid qilib, uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga “allaqachon “Alla buvisi” bilan Isroildan qochib ketgan”i haqida izoh yozgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Maksim Galkin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing