Makronning rafiqasi “qovun tushirdi"

Sport

image

Fransiyada o‘tkazilgan xayriya tadbirlaridan birida davlat rahbari Emmanuel Makronning rafiqasi Brijit Makron va mamlakat terma jamoasi ustozi Dide Desham ko‘rishib, turli mavzularda, jumladan futbol haqida suhbat qurdi. Ayniqsa ularning “Reyms” klubi a’zosi Dzyunya Ito haqidagi dialogi barchaning e’tiborini tortdi.

Tadbirda Makronning rafiqasi Deshamdan nega “Reyms” hujumchisi Dzyunya Itoni terma jamoaga chaqirmasligini so‘radi. Desham esa jilmayib: “Chunki u yapon”, deb javob qaytardi.

Shuningdek, o‘zaro suhbat vaqtida 70 yoshli Brijit Makron yaponiyalik futbolchi haqida bir qator iliq so‘zlarni aytib o‘tdi.

Qayd etish joiz, ma’lum bir mamlakat terma jamoasiga faqatgina o‘sha mamlakat fuqaroligiga ega bo‘lgan futbolchilarni jalb qilish mumkin. 

Ma’lumot uchun, 30 yoshli Dzyunya Ito joriy mavsum Fransiya chempionatida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Reyms Brijit Makron Emmanuel' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing