Makronning ofisiga konvert ichida kesilgan barmoq jo‘natildi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning qarorgohiga pochta orqali kesilgan odam barmog‘ini jo‘natishdi. Bu haqda “Valeurs Actualles” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Fransiyada Bastiliyaning egallanishi (14 iyul) bayrami arafasida Parijdagi Fransiya Prezidentining ofisiga xatjild ichida kesilgan barmoq jo‘natilgan.

Mazkur xat Yelisey saroyining yozishmalar bo‘limiga 9 iyuldan 10 iyulgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida kelib tushgan.

Xavfsizlik xizmati vakillarining xabar berishicha, barmoq solingan konvert saroydagi politsiya xodimlarining ovqatlari saqlanadigan muzlatkichga qo‘yilgan.

Kesilgan barmoq kimga tegishliligi zudlik bilan aniqlangan. Shundan so‘ng muammoli holatlar bo‘yicha tegishli tartib ishga tushirilgan.

“Zudlik bilan muammoli vaziyatlar bo‘yicha tegishli tartib joriy qilindi. Shundagina ushbu shaxs vakolatli xizmatlar tomonidan nazoratga olinishi va tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin edi”, deyiladi nashr manbasining xabarida.

Yelisey saroyi holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortgan.

Ma’lumot uchun, yaqin bir yil ichida Fransiyada ikkita katta ko‘lamdagi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Ulardan biri Prezidentning pensiya yoshini oshirish to‘g‘risidagi islohotiga qarshi bo‘lsa, boshqasi yaqinda mamlakatda 17 yoshli asli jazoirlik o‘smirning politsiya tomonidan otib o‘ldirilishi ortidan kelib chiqdi. Aynan shu namoyishlar bostirilganiga bir oy ham bo‘lmagan bir paytda Prezident qarorgohiga kesilgan barmoq jo‘natildi. 

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Makronning vertolyotiga pirotexnika vositasini uloqtirgan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Makron kesilgan barmoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing