Makronning iste’fosi bo‘yicha taklif rad etildi

Olam

image

Fransiyada Prezident Emmanuel Makronning iste’fosi bo‘yicha taklif Milliy assambleyaning (parlament quyi palatasi) huquqiy komissiyasi tomonidan rad etildi. Bu haqda BFMTV telekanali xabar berdi. 

Telekanalga ko‘ra, “Yengilmas Fransiya” partiyasi tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbus Prezident Makronning so‘llardan “Yangi Xalq fronti” a’zosi Lyusi Kasteni Bosh vazir etib tayinlashdan bosh tortgani uchun ko‘tarilgan edi.

Qayd etilishicha, taklif bo‘yicha huquqiy komissiyada 15 ta ma’qullovchi va 54 ta qarshi ovoz to‘plangan. Bu esa taklifning ko‘rib chiqilishi to‘xtatilganini anglatadi. Endi bu masalani parlamentda davom ettirish uchun barcha parlament guruhlarining rahbarlari rozilik berishi zarur. Ushbu jarayon uchun ikki hafta vaqt ajratilgan, shundan so‘ng so‘l qanot vakillarining taklifi to‘liq hal qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Milliy assambleyasi byurosi mamlakat Prezidenti Emmanuel Makronga nisbatan impichment jarayonini boshlash bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini ma’qullagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Emmanuel' Makron Milliy assambleya “Engilmas Frantsiya”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made