Makrondan qo‘rqqan Lukashenko Putin bilan “erkakchasiga” gaplashishni taklif qildi (video)

Olam

image

Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko Fransiya rahbari Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida unga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan bog‘lanib, uchrashuv tashkil etish va Ukraina mojarosini tugatish masalasini “erkakchasiga muhokama qilish”ni taklif qilganini ma’lum qildi. Bu haqda “BelTa” xabar berdi.

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Makron bunday uchrashuv ehtimolini rad etmagan, biroq avval Yevropadagi hamkorlari bilan maslahatlashishi kerakligini aytgan.

Shunda Belarus rahbari Fransiya Prezidentini tashabbusni o‘z qo‘liga olishga chaqirgan.

“Siz tajribali siyosatchisiz. Germaniya kansleri Fridrix Mers va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer – yangi siyosatchilar. Italiyada esa umuman ayol hukumat rahbari”, degan Lukashenko.

U, shuningdek, Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni ayol kishi bo‘lgani uchun uni bu masalaga aralashtirmaslik kerakligini aytgan.

“Ayol kishiga shunday mas’uliyatni yuklamoqchimisiz? Siz oqsoqolsiz, harakatni boshlang. Bugun Yevropadagi asosiy siyosiy arboblardan biri sizsiz”, degan u Makronga.

Eslatib o‘tamiz, Lukashenko va Makron 24 may kuni Parij tashabbusi bilan telefon orqali muloqot qilgan. Suhbat davomida mintaqaviy muammolar, Belarusning Yevropa Ittifoqi va Fransiya bilan munosabatlari muhokama qilingan.

Fransiya OAVlariga ko‘ra, Makron suhbat chog‘ida Belarusning Ukraina mojarosiga jalb qilinmasligi va Minsk hamda Bryussel o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash bo‘yicha qadamlar tashlanishi zarurligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Emmanuel' Makron Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing