Makron va fon der Lyayen Si Szinpinni Rossiyaga bosim o‘tkazishga majburlashga urindi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Parijga tashrif buyurgan Xitoy rahbari Si Szinpinni Ukrainadagi mojaro munosabati bilan Rossiyaga ta’sir o‘tkazishga majburlashga urinib ko‘rdi. Bu haqda “The New York Times” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Parijdagi uch tomonlama uchrashuvda Makron va fon der Lyayen Si Szinpinga “bosim o‘tkazib, u “Moskvaga o‘z ta’siridan” foydalanishi va Rossiya Federatsiyasini Ukrainadagi mojaroga chek qo‘yishga ishontirishga harakat qilgan. Biroq, XXR rahbari, garchi u tinchlik tarafdori bo‘lsa ham, Rossiya Federatsiyasidan harbiy harakatlarni to‘xtatishni so‘rash majburiyatini o‘z zimmasiga olmagan.

Shuningdek, Si Szinpin Moskva bilan yaqin munosabatlari tufayli Pekinni tanqid qilishga qat’iy qarshi chiqdi. Kecha, 6 may kuni Makron bilan suhbatda Xitoy rahbari Pekin Ukraina mojarosining ishtirokchisi emasligini va uning boshida emasligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Si Szinpin 5-7 may kunlari Fransiyada bo‘ladi. Xitoy rahbarining tashrifi Pekin va Parij o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 60 yilligiga to‘g‘ri keldi. Si Szinpin 2014 va 2019 yillarda Fransiyaga mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 50 va 55 yilligini nishonlash maqsadida tashrif buyurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Si Tszin'pin Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made