Makron O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bu yil O‘zbekistonga kelishga tayyorlanmoqda. Bu haqda bugun, 5 may kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov ma’lum qildi, deb yozadi “Hewshub” nashri.

Vazir mazkur ma’lumotni savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Fransiya hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishida aytib o‘tgan.

“Fransiya Prezidenti Makronning bu yil O‘zbekistonga tashrifi amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi uchun ikki mamlakat hukumatlarining sa’y-harakatlari kerak”, degan Qudratov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, agar tashrif amalga oshsa, Makron O‘zbekistonga kelgan Fransiyaning ikkinchi Prezidenti bo‘ladi. 1994 yilda Fransiyaning 21-prezidenti Fransua Mitteran Samarqandga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yilning noyabrida Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida 14 ta hujjat imzolandi, 6 milliard yevrodan ortiq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. Davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yuqori darajadagi keng qamrovli hamkorlikka olib chiqishga kelishib olgan. Mirziyoyev Makronni ham O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Emmanuel Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing