Makron O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Qozog‘istonga tashrifidan so‘ng 2 noyabr kuni O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Yelisey saroyiga tayanib, AFP xabar berdi.

“Fransiya bu ikki davlatni islohot va modernizatsiya yo‘lida qo‘llab-quvvatlashga, xalqaro munosabatlarni diversifikatsiya qilishga hissa qo‘shishga, ularning mustaqilligi va suverenitetini, shuningdek, Yevropa bilan munosabatlarini mustahkamlash borasida qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, deyiladi Fransiya rahbarining ma’muriyati bayonotida.

Yelisey saroyi Qozog‘iston va O‘zbekistonni Fransiyaga yaqinlashtirishdan maqsad “iqtisodiy sohada, xususan energetika sohasida, muhim materiallar yetkazib berish, transport, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va mudofaa bo‘yicha hamkorlik qilish” ekanini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Makron kecha, 25 oktyabr kuni Yaqin Sharqqa safaridan Fransiyaga qaytgan. U Isroilga tashrif buyurgan, u yerda mamlakat Prezidenti Isaak Gersog va Bosh vazir Benyamin Netanyaxu bilan uchrashgan, shuningdek, Ramallohga tashrif buyurib, Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan muzokaralar o‘tkazgan. Safarning so‘nggi kunida u Ammanda Iordaniya qiroli Abdulla II, so‘ngra Qohirada Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning matbuot xizmati Fransiya rahbari Qozog‘istonga 1 noyabr kuni tashrif buyurishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parijga borgan va Yelisey saroyida fransiyalik mavqedoshi Emmanuel Makron bilan muzokara o‘tkazgandi. Uchrashuv yakunida Mirziyoyev Makronni o‘zi uchun qulay vaqtda tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya O'zbekiston Emmanuel' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing