Makron uch jandarm o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Olam
−
23 dekabr 2020
3942Avvalroq, Fransiya markazidagi Pyui-de-Dom departamentida yuz bergan otishma oqibatida uch nafar jandarm halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron jandarmlarning o‘ldirilishi munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda u bugun, 23 dekabr kuni o‘zining Twitter sahifasida tvit qoldirgan.
“Ular Pyui-de-Domda oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayolni qutqarmoqchi edilar. Uch jandarm o‘ldirildi, to‘rtinchisi yaralandi. Davlat qurbonlarning oilalari boshidan kechirayotgan yo‘qotish azobiga sherikdir. Bizni himoya qilish uchun xavfsizlik kuchlarimiz o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yadilar. Ular bizning qahramonlarimizdir”, deb yozgan Makron.
Ma’lumotlarga ko‘ra, otishmani 48 yoshli erkak boshlagan. Jandarmlar chekka qishloqdagi ayol tomonidan eri unga nisbatan kuch ishlatayotgani to‘g‘risida murojaat qilgach, voqea joyiga yetib kelgan.