Makron Tramp bilan Ukraina va Rossiya masalasini muhokama qilganini aytdi
Olam
−
11:46 437 1 daqiqa
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan Ukraina va Rossiya masalasida uzoq suhbatlashganini, jumladan, energetika ob’ektlariga hujumlarni to‘xtatish bo‘yicha moratoriy hamda Kiyevga tutib qoluvchi raketalarni tezroq yetkazib berish masalalarini muhokama qilganini aytdi. Bu haqda u kecha, 21 sentyabr kuni Nyu-Yorkda AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvidan so‘ng jurnalistlarga ma’lum qildi.
Makron uchrashuvdan so‘ng suhbatni “juda yaxshi” va “juda konstruktiv” deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar Kiyev mudofaasini kuchaytirishga yordam berish zarurligi borasida bir fikrga kelgan.
“Biz Ukraina va Rossiya masalasida uzoq suhbatlashdik. Ukrainalik do‘stlarimizga, xususan, mudofaa uchun muhim bo‘lgan tutib qoluvchi raketalar bilan tezroq va qat’iyroq yordam ko‘rsatish zarurligini muhokama qildik”, degan Makron.
Shuningdek, Fransiya rahbari Ukraina va Rossiya o‘rtasida energetika sohasiga oid ob’ektlarga hujumlarni to‘xtatish bo‘yicha moratoriy joriy etish tashabbuslarini ham muhokama qilganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 sentyabr kuni Tramp Rossiya va Ukraina energetika ob’ektlariga o‘zaro zarbalarni to‘xtatishga kelishib olganini aytgandi. Biroq o‘sha vaqtda Moskva va Kiyev bunday kelishuvga erishilganini rasman tasdiqlamagan.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr