Makron Rossiya va Xitoy vaksinasiga umid qilmoqda

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Rossiya va Xitoyning vaksinalari koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarga qo‘shilishiga umid qilmoqda. Bu haqda “Le Journal du Dimanche” gazetasi xabar berdi.

“Biz xitoyliklar va ruslar bilan birgalikda ularning olimlari tomonidan ishlab chiqilgan vaksina Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan sertifikatlangandan so‘ng pandemiyaga qarshi kurashda xalqaro darajada ishlatilishini ta’minlashimiz kerak”, degan Makron.

Makron hozirda davlatlar koronavirusning variantlari bilan kurashayotganini, agarda tezlik bilan xalqaro darajada choralar ko‘rilmasa, virusning yangi turlarining tarqalib ketish xavfi yuqoriligini ta’kidlagan.

Nashrga ko‘ra, Makron tez orada Afrika ittifoqi bilan koronavirusga qarshi kurash choralari masalasida maslahatlashuv o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Emmanuel' Makron

Baholaganlar

144

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing