Makron Rossiya-Ukraina mojarosi paytidagi sa’y-harakatlari uchun mukofotlandi
Olam
−
28 may
3926Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron 2024 yil uchun Xalqaro Vestfal tinchlik mukofoti bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimi bugun, 28 may Makronning Germaniyaga uch kunlik tashrifining so‘nggi kunida Myunster shahrida bo‘lib o‘tdi.
"Siz shunchaki bajaruvchi emassiz, siz ilhomlantiruvchisiz, boshqalar chegaralar haqida gapirganda, siz ufqlar haqida gapirasiz", degan Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer marosimda.
Mukofot Fransiya rahbariga “Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanishidagi mojaroni to‘xtatish bo‘yicha tinimsiz sa’y-harakatlari” uchun berildi.
"Emmanuel Makron Rossiya hujumidan ancha oldin Yevropa suverenitetiga chaqirgan", deydi mukofot hakamlar hay’ati raisi Shtaynmayer.
U Makronni “ehtirosli yevropalik” deb atadi va unga Franko-Germaniya munosabatlariga sodiqligi uchun minnatdorchilik bildirdi.
“Bugun Fransiya va Germaniyaning bir-biriga yaqin ekani – men bunga aminman – siz kabi odamlar tufayli... Siz har doim Germaniya bilan uchrashishga tayyorsiz, muhokamalarni boshlaysiz, bizni u yerda ham va bu yerda harakat qilishga majburlayapsiz”, degan Germaniya Prezidenti.
Ma’lumot uchun, Xalqaro Vestfal tinchlik mukofoti 1998 yilda Myunster va Osnabryuk shaharlarida vayronagarchilikka olib kelgan O‘ttiz yillik urushdan keyin tuzilgan Vestfal shartnomasini (1648 yil) xotirlash uchun ta’sis etilgan. Mukofot har ikki yilda topshiriladi. G‘olib 100 ming yevro oladi. Bu eng yirik nemis tinchlik mukofoti bo‘lib, u Yevropa integratsiyasiga alohida hissa qo‘shgan odamlar, tashkilotlar yoki davlatlarga beriladi.
26 yil davomida mukofot Chexiya Respublikasining birinchi prezidenti Vatslav Gavel, Germaniyaning sobiq kansleri Gelmut Kol va Gelmut Shmidt, Fransiyaning sobiq prezidenti Valeri Jiskar d'Esten, BMTning sobiq bosh kotibi Kofi Annan, Xalqaro kosmik stansiya ekipaji a’zolari, Iordaniya qiroli Abdulla II va Boltiqbo‘yining uchta davlati – Estoniya, Latviya va Litvaga topshirilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr