Makron Ozarbayjonsiz yashay olmaydi – Ilhom Aliyev (video)
Olam
−
08 yanvar
9828Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Ozarbayjonga nisbatan yo‘llagan ayblovlarini tanqid qildi. Bu haqda u mahalliy telekanallarga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Aftidan, janob Makron Ozarbayjonsiz yashay olmaydi. U qandaydir maniyani yaratib olgan va barcha gunohlarini bizning ustimizga yuklamoqchi”, dedi Aliyev.
Aliyevning ta’kidlashicha, Ozarbayjon Fransiyaning ichki ishlariga ahamiyat bermasligiga qaramay, Makron buyuk deb atagan va o‘zi rahbarlik qilayotgan davlat 10 million aholisi bo‘lgan, Kavkaz mintaqasida joylashgan davlat (Ozarbayjon)ning harakatlaridan aziyat chekmoqda. Bunga g‘ayritabiiy yondashuv va noto‘g‘ri siyosat sabab bo‘ldi.
“Ozarbayjon ular uchun xavf manbai emas. Biz Janubiy Kavkazda tinchlik va hamkorlikni, ular bizning ishlarimizga aralashmasliklarini istaymiz. Ular Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasida geografik to‘siq bo‘lib qolmasligi uchun Zangezur yo‘lagi ochiq bo‘lishi kerak va bo‘ladi ham. Ular buni qanchalik tez tushunsa, shuncha yaxshi. Biz bu holatda qola olmaymiz. Nima uchun Ozarbayjonning ajralmas qismi bo‘lgan Naxchivanga boshqa turli yo‘llar bilan borishimiz kerak? Biz to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga ega bo‘lishimiz kerak va bu aloqa Armaniston suverenitetini shubha ostiga qo‘ymaydi”, degan u.
Ilhom Aliyev, shuningdek, rasmiy Baku hech kimning ishiga aralashmasligi, mamlakat o‘z ishi bilan band ekanini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron joriy yilning 6 yanvar kuni mamlakatning 2025 yildagi tashqi siyosatiga bag‘ishlangan anjumanda rasmiy Tehron Fransiya, Yevropa va mintaqa uchun asosiy strategik va xavfsizlik muammosi ekanini aytgandi. Bu boradagi asossiz iddaolarini davom ettirgan Makron, Eronning yadroviy va raketa dasturlari, bu davlatning Ukrainadagi urushda Rossiyani harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashi, mintaqadagi xavfli guruhlarni qo‘llab-quvvatlashi, Afrikaga proksi kuchlar yuborishi va terrorizmning sodir etilishida jiddiy tashvish tug‘dirayotganini qayd etgandi. Eron Tashqi ishlar vazirligi so‘zlovchisi Ismoil Bagay Makronning mamlakat haqidagi so‘nggi bayonotlarini rad etib, ularni asossiz va ziddiyatli deb baholagandi. U Fransiyaning G‘arbiy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi nokonstruktiv yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.