Makron Netanyaxuni G‘azoda tinchlikka chaqirdi
Olam
−
04 iyun
3318Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali suhbatda G‘azo sektorida tinchlik o‘rnatishga chaqirdi va Livan bilan chegarada vaziyat keskinlashuvidan ogohlantirdi. Bu haqda Fransiya rahbarining ma’muriyati ma’lum qildi.
“Fransiya Prezidenti Bosh vazir Netanyaxu bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida G‘azodagi janglarni to‘xtatishga chaqirdi va shu munosabat bilan u AQSHning inqirozni hal qilish rejasini qo‘llab-quvvatladi”, deyiladi xabarda.
Makron barcha mavjud kanallar yordamida gumanitar yordamni ommaviy va to‘siqsiz yetkazib berish zarurligini ta’kidladi. Bundan tashqari, u "mintaqadagi keskinlashuv xavfi ortib borayotganini" aytib, Livan bilan chegarada keskinlik kuchayib borayotganidan xavotir bildirdi. Makron, shuningdek, Fransiyaning Isroil xavfsizligiga sodiqligini ta’kidlab, Parij ikki davlat yaratish tamoyiliga asoslangan tinchlik kelishuvi tarafdori ekanini qo‘shimcha qildi.
Ma’lumot uchun, Oq uy egasi Jo Bayden 31 may kuni G‘azo sektori atrofidagi taranglikni bartaraf etish bo‘yicha uch bosqichli rejani taqdim etdi. Unga ko‘ra, birinchi bosqich olti hafta davom etadi, u to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishni, Isroil qo‘shinlarini G‘azoning barcha aholi punktlaridan olib chiqib ketishni, bir qator garovga olinganlarni, jumladan, ayollar, qariyalar, yaradorlarni, shuningdek, falastinlik yuzlab mahbuslarni ozod qilishni o‘z ichiga oladi..
Olti haftalik sulh davomida Isroil va HAMAS harakati kelishuvning ikkinchi bosqichiga o‘tish uchun bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni muhokama qilishi kutilmoqda. Bitimning ikkinchi bosqichi “barcha tirik qolgan garovga olinganlarni, shu jumladan erkak askarlarni ham ozod qilish”, Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektoridan olib chiqib ketish va “doimiy o‘t ochishni to‘xtatish”ni o‘z ichiga oladi. Kelishuvlarning uchinchi bosqichida G‘azo sektorini qayta tiklash ko‘zda tutilgan.
LiveBarchasi