Makron namoyishlarni to‘xtatishning “olamshumul” yo‘lini aytdi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron butun mamlakat bo‘ylab avj olgan namoyishlarda qatnashayotgan yoshlarning oilalariga moliyaviy jazo qo‘llash niyatida. Bu haqda u Parijdagi restoranlardan birida politsiya xodimlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Ularning hamyonlariga tegish kerak, ular faqat shundagina tushunadi. Yaratilayotgan tartibsizlikka javoban moliyaviy sanksiyalar joriy etish zarur”, degan Makron.

O‘z navbatida, huquq-tartibot idoralari xodimlari Makronga tartibsizlik holatlarining birortasi ham baxtsiz hodisalarsiz o‘tmayotganini aytgan. 

“Ular tartibsizliklar keltirib chiqarish uchun bor kuchini sarflamoqda”, degan huquq-tartibot idoralari xodimlari.

Makron esa politsiya kuchlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan hamda Fransiyadagi tartibsizliklar o‘z cho‘qqisidan ham o‘tib ketganini va endigi ustuvor vazifa barqaror tartib o‘rnatish ekanini aytgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyadagi namoyishlar chog‘ida shu kungacha 3486 kishi hibsga olingan. Kecha, 3 iyul kuni yana 72 namoyishchi qo‘lga olingan.

Fransiyadagi vaziyat 

Joriy yilning 27 iyun kuni Parijga yaqin Nanter shahrida yo‘l harakati qoidalarini buzgan Nael ismli 17 yoshli jazoirlik yigitni politsiya to‘xtatgan. Biroq u politsiyaga bo‘ysunmagan. Politsiyachi esa unga qarata o‘q uzgan. Haydovchi ko‘kragidan o‘q yeb, vafot etgan.  

Shundan so‘ng, mamlakatning turli shaharlarida tartibsizliklar boshlandi. 29 iyun kuni bir necha o‘nlab politsiya mashinalari, komissarlik va ma’muriy organlar binolari yoqib yuborilgan, ta’lim muassasalariga zarar yetkazilgan. 30 iyunga o‘tar kechasi Ichki ishlar vazirligi davom etayotgan tartibsizliklarni bostirish uchun 40 ming politsiyachini safarbar etdi. Mamlakatning ayrim shaharlarida maxsus kuchlar ko‘chalarni patrul qilishda zirhli texnika va vertolyotlardan foydalangan.

Ayrim shaharlarda soat 21:00 yoki 22:00 dan boshlab komendantlik soati, shuningdek, tungi vaqtda jamoat transportida cheklovlar joriy etilgan. Mamlakatda vaziyat keskinligicha qolmoqda. 

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Twitterʼda marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan. Shuningdek, u Fransiyadagi tartibsizliklar ortidan YeIning Bryusseldagi sammitini tark etgan. 

Bundan tashqari, Fransiya Prezidenti tartibsizliklarga kompyuter o‘yinlari sabab bo‘lganini aytgandi. Fransiyadagi tartibsizliklar ortidan Belgiya va veysariyada ham namoyishlar bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya namoyish Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing