Makron Mirziyoyev bilan bir piyola choy ustida ko‘rishadi
Olam
−
22 noyabr 2022 12596 1 daqiqa
Xabaringiz bor, ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Fransiyaqda bo‘lib turibdi. Rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng davlat rahbarining korteji Yelisey saroyiga yo‘l oldi.
Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron ishchi tushlik paytida muloqotda bo‘ladi.
So‘ng, har ikki Prezidentlar birgalikda Luvr muzeyi va nufuzli Arab dunyosi institutida O‘zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahalarida” hamda “Samarqandga yo‘l, O‘zbekiston jilolari va ulug‘vorligi” nomli ko‘rgazmalarining ochilish marosimida ishtirok etadi.
Bunga qadar, bugun rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Fransiya Milliy yig‘ini raisi Yael Braun-Pive bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Shuningdek, Fransiya Savdo vaziri-delegati, O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi Oliver Besht bilan muloqotda bo‘ldi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025