Makron Merkelni Napoleon ta’sis etgan mukofot bilan taqdirladi

Olam

image

Germaniya kansleri Angela Merkel kecha, 3 noyabr kuni Prezident Emmanuel Makronning taklifiga binoan Fransiyaga tashrif buyurdi. Bu kanslerning ushbu davlatga so‘nggi rasmiy tashrifi bo‘lib, uni mamlakat sharqidagi Bon shahri aholisi qizg‘in kutib oldi.  

Ta’kidlanishicha, Merkelni kutib olishga yuzlab kishi chiqqan. 2005 yildan beri Germaniya hukumatini boshqarib kelayotgan Merkel so‘nggi 16 yil davomida to‘rt nafar Fransiya Prezidentining suhbatdoshi bo‘lgan. 

Uchrashuvda kanslerga uning turmush o‘rtog‘i Ioaxim Zauer hamrohlik qilgan, Fransiya Prezidenti ham mehmonlarni rafiqasi Brijit bilan kutib olgan. 

Fransiya OAV ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi munosabatlarning iliqligini qayd etgan. Fransiya Prezidenti joriy yilning iyun oyida koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan asosiy cheklovlar bekor qilinganidan keyin Germaniya poytaxtiga taklif qilingan birinchi xorijiy davlat rahbari bo‘lgan. Merkel esa sentyabr oyida Makron bilan uchrashish uchun Fransiyaga borgan. 

Fransiya rahbari so‘nggi paytlarda “Angela Merkelning ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlardagi faol roli”, uning “o‘zini tutishi” va “suhbatdoshni eshitish qobiliyati”ni bir necha bor ta’kidlagan. 

Uchrashuvda Merkelga “Faxriy legion” ordeni topshirilgan. Ushbu mukofot 1802 yilda Fransiya Respublikasining birinchi konsuli Napoleon Bonapart tomonidan ta’sis etilgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 sentyabr kuni Germaniyada mamlakat parlamenti – Bundestagga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Unda Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (SDP) 25,7 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Ushbu partiya yetakchisi Olaf Shols Angelaning lavozimiga asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Merkel' Makron

Baholaganlar

47

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made