Makron koronavirusga chalindi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron koronavirusga test topshirgan. Prezidentning COVID-19 uchun topshirgan testi natijasi ijobiy chiqib, unda koronavirus borligi aniqlangan. Bu haqda Yelisey saroyi xabar bermoqda.

“Mamlakatning barcha fuqarolariga taalluqli amaldagi sanitariya qoidalariga muvofiq, Fransiya Prezidenti yetti kun davomida o‘zini o‘zi izolyatsiya qiladi. U masofadan turib ishlashda davom etadi” deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunga kelib, Fransiyada koronavirusga chalinganlar soni 2 million 409 062 kishini tashkil etmoqda. Shulardan 180 311 nafari kasallikdan sog‘aygan bo‘lsa, 59 361 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Makron

Baholaganlar

350

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing