Makron Ilon Maskni Yevropa siyosatiga aralashishda aybladi – OAV
Olam
−
07 yanvar
1719Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron X ijtimoiy tarmog‘i egasi, milliarder Ilon Maskni Yevropa siyosatiga aralashganlikda va butun dunyo bo‘ylab reaksion harakatni qo‘llab-quvvatlaganlikda aybladi. Bu haqda “Politico” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Makron Fransiya elchilariga Parijda qilgan yillik nutqida Maskning nomini tilga olmagan, lekin uning bayonoti aniq Maskga qaratilgan.
“10 yil oldin dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan birining egasi saylovlarga, shu jumladan, Germaniyadagi saylovlarga bevosita aralashishini kim ham tasavvur qilgandi”, degan Fransiya rahbari.
Ma’lumot uchun, Mask va Makron o‘rtasidagi munosabat shu kungacha yaxshi bo‘lgan. Tesla va SpaceX rahbari o‘tgan oy AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp bilan birgalikda Parijdagi Notr-Dam sobori qayta ochilishida ishtirok etgan. Bundan tashqari, Mask bo‘ronlardan zarar ko‘rgan Fransiyaning Mayotta hududiga 100 ta Starlink qurilmasini xayriya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 7 dekabr kuni Parijda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron hamda AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tgandi.
LiveBarchasi