Makron Fransiyada karantinni kuchaytirdi
Olam
−
29 Oktabr 2020
6048Koronavirusning ikkinchi to‘lqini munosabati bilan butun Fransiya bo‘ylab 30 oktyabr kunidan boshlab karantinning kuchaytirilgan tartibi joriy etiladi. Bu haqda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron fuqarolarga qilgan murojaatida aytib o‘tdi.
"Virusni to‘xtatish uchun kuchaytirilgan karantin qoidalarini qayta tiklash zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qildim", dedi Makron.
Kuchaytirilgan karantin butun Fransiya bo‘ylab joriy etilishini va 1 dekabrgacha davom etishini ta’kidladi.
"Biz bahorgi voqealardan bildikki, o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish rejimi uch jihatdan moslashtiriladi: maktablar faoliyatiga ruxsat beriladi, davlat xizmatlari davom etadi va keksalar uyiga tashrif buyurishga ruxsat beriladi", dedi davlat rahbari.
LiveBarchasi