Fransiya pandemiyadan avval 1,7 milliard tibbiy niqoblarni yo‘q qilgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
30 may 2020
6665Fransiya hukumati koronavirus pandemiyasi arafasida milliarddan ortiq himoya niqoblarini yoqib yuborgan. Bu haqda "Korrespondent" nashri xabar berdi.
Mamlakatda cho‘chqa grippi va koronavirusning boshqa turi – SARS'ga qarshi kurashish uchun milliardlab tibbiy niqoblar va FFP2 tipidagi 700 milliondan ortiq niqoblar g‘amlangan. Biroq, ushbu kasalliklar o‘ylagandek xavfli emasligi haqidagi tadqiqotlar nashr etilgandan so‘ng, hukumat zaxiralarni yo‘q qilishga qaror qilgan.
Natijada fransuzlarda atigi 117 million niqob qolgan. Pandemiya vaqtida esa niqoblarga kuchli ehtiyoj tug‘ilgan.
Fransiya Yevropa mamlakatlarining koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rganlar mamlakatlaridan biriga aylandi. U yerda 186 mingdan ortiq koronavirusga bog‘liq holat qayd etilgan. Deyarli 29 ming kishi vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Fransiya koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash doirasida Xitoyga bir milliard dona tibbiyot niqobiga buyurtma bergan edi.
LiveBarchasi