Fransiyaning yirik shaharlarida komendantlik soati joriy qilindi
Olam
−
15 Oktabr 2020
4788Fransiya poytaxti Parij shahri joylashgan Il-de-Frans mintaqasi va yana 7 ta shaharda 17 oktyabr yarim tunda komendtlik soati joriy qilinadi. Bu odamlarning oqshom va kechasi harakatlanishini cheklaydi. Bu haqda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ma’lum qildi.
Komendatlik soati Parijdan tashqari Lill, Grenobl, Lion, Marsel, Monpele, Ruan, Tuluza i Sent-Eten shaharlarida ham amal qiladi.
Komendantlik soati 21:00 dan 6:00 gacha amal qiladi va to‘rt hafta davom etadi. Komendantlik soati buzilgan taqdirda 135 yevro jarima solinadi. Odamlar uylarini jiddiy sabab bilan tark etishi mumkin.
Restoran, bar, kafe, teatr va konsert maydonlari komendantlik soati boshlangach, to‘xtatishi kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, uyidan chiqishiga to‘g‘ri kelganlar uchun jamoat transportlari ishlashda davom etadi.
Emmanuel Makronning ta’kidlashicha, cheklov choralari har kuni qayd etiladigan COVID-19 kasalligi sonini 20 mingdan uch minggacha kamaytirish uchun ko‘rilmoqda. 14 oktyabr kuni Fransiyada kuniga 22 950 ta yangi koronavirus kasalligi qayd etildi.
LiveBarchasi