Makron AQSH va Isroilni qo‘rqitib qo‘ymoqchi
Olam
−
21 Sentabr 2025 11984 2 daqiqa
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron BMT Bosh Assambleyasida Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olish masalasi atrofida bir nechta davlatlarni birlashtirish orqali AQSH va Isroil siyosatiga qarshi global muvozanat yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Politico” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Makronning maqsadi Vashingtonning G‘azo sektorida Isroilni qo‘llab-quvvatlashiga qarshi global kuch borligini ko‘rsatish va tinchlik yo‘lida bosimni kuchaytirish. Diplomatlarning aytishicha, xalqaro bosim ortishi bilan Isroildan muayyan yon berishlar olish rejasi ham mavjud.
Xabarga ko‘ra, BMT Bosh Assambleyasida Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Portugaliya, Belgiya, Lyuksemburg, Malta, Andorra va Avstraliya Falastinni tan olishini e’lon qilishi kutilmoqda. Biroq Germaniya va Italiya bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan, Buyuk Britaniyaning pozitsiyasi esa hozircha noaniq qolmoqda. Bu esa Yevropa Ittifoqida Yaqin Sharq siyosati borasida tobora ortib borayotgan bo‘linishni ko‘rsatadi.
Nashr manbalaridan biri Makronning choralari “hech narsani o‘zgartirmaydi” deb hisoblaydi. Yana bir yevropalik diplomat esa: “Bu amalga oshmaydi, AQSH Isroilni qo‘llab-quvvatlayapti va G‘arbiy Sohilning anneksiyasini tezlashtiryapti”, degan. Shunga qaramay, maqola mualliflari Isroil yangi hududlarni anneksiya qila boshlasa vaziyat o‘zgarishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
2025 yilning 9 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi o‘z ishini boshladi. An’anaga muvofiq, sessiya doirasida yuqori darajadagi hafta tashkil etiladi. Umumiy siyosiy munozaralar 23–29 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda BMTga a’zo 193 davlatdan 147 tasi Falastinni tan olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya Falastin davlatini shu oygi BMT yig‘ilishlarida tan olishni rejalashtirmayotgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025