Makron Hindistondagi harbiy paradda qatnashdi (foto)
Olam
−
26 yanvar
8241Bugun, 26 yanvar kuni Nyu-Dehlida Hindiston Respublikasi kuni munosabati bilan harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron paradda asosiy mehmon sifatida ishtirok etdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
“Fransiya uchun katta sharaf. Rahmat sizga, Hindiston”, deb yozdi Makron X’dagi sahifasida paraddan lavhani ilova qilib.
Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu Makronga Britaniya imperiyasining tantanali ot aravasida hamrohlik qildi, Bosh vazir Narendra Modi esa tomosha maydonchasida ularni kutib oldi.
Fransiya Prezidenti Hindiston poytaxtiga orkestr va marsh guruhini olib keldi, ular ham bayramda qatnashdi.
“Paradda Hindiston o‘zining tanklari, raketa tizimlari, piyoda jangovar mashinalari va o‘rta masofaga mo‘ljallangan zenit-raketa tizimlaridan iborat harbiy qudratini namoyish etdi”, deb yozadi nashr.
Ayrim manbalarga ko‘ra, Parij ko‘p milliard dollarlik shartnomalar orqali Fransiyada ishlab chiqarilgan Rafale qiruvchi samolyotlari va Skorpen sinfidagi suvosti kemalarini import qiluvchi Hindiston bilan harbiy shartnomalarini mustahkamlashga umid qilmoqda.
O‘z navbatida, Hindiston armiyasini modernizatsiya qilish ustida ishlamoqda va mudofaa xaridlarini an’anaviy yetkazib beruvchi Rossiyadan tashqari diversifikatsiya qilishga intilmoqda.
LiveBarchasi